Yaxshilangan chaqiruvlar, yangi oʻchirish animatsiyasi va botlar uchun yirik yangilanish

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Yaxshilangan chaqiruvlar, yangi oʻchirish animatsiyasi va botlar uchun yirik yangilanish

Telegramning 2023-yildagi 10-yangilanishida telefoningiz batareyasidan kamroq foydalanadigan rangli yangi dizayn bilan yaxshilangan chaqiruvlar, xabarlarni oʻchirganingizda yangi bugʻlanish effekti, Telegram tarixidagi eng katta botlar yangilanishi va boshqalar taqdim etiladi.

Yangilangan chaqiruvlar

Telegram chaqiruvlari foydalanuvchilarga suhbatlashish, kamerasini yoqish yoki ekranini namoyish qilish imkonini beradi — va bularning hammasi bitta ilovada. Chaqiruvlar barcha platformalarda mavjud va boshidan oxirigacha shifrlash bilan himoyalanadi.

Bu yangilanishda chaqiruv qilinayotganda, faolligida va tugaganida dinamik tarzda oʻzgaradigan yangi animatsiyalar va chiroyli fonlar bilan dizayn toʻliq qayta yangilandi. Yangi interfeys avvalgiga qaraganda kamroq resurslarni talab qiladi. Natijada batareya xizmat muddati uzayadi va eskiroq qurilmalarda yaxshiroq ishlaydi.

Shuningdek, biz ilova ishlashi va interfeysdagi yuzlab xatoliklarni tuzatdik va chaqiruv sifatiga ayrim yaxshilanishlarni qoʻshdik. Bundan tashqari, ulanish barqarorligi va ovoz sifatini qoʻshimcha yaxshilash ustida ishlamoqdamiz — ushbu oʻzgarishlar ilovada 2024-yilda paydo boʻladi.

Xabarlarni oʻchirganda “Tanos chertkisi” effekti

Oʻtgan oyda biz iOS uchun ilovada avtomatik oʻchadigan xabarlar uchun tajribaviy bugʻlanish animatsiyasini qoʻshgan edik.

Bu ajoyib (va energiya tejamkor) animatsiya endi iOS va Android ilovada mavjud hamda endi istalgan xabarni oʻchirganingizda ijro qilinadi.

Misli koʻrilmagan botlar yangilanishi: reaksiyalar va boshqalar

Telegramning bepul botlar yaratish platformasi dasturchilarga oddiy chat botlaridan tortib istalgan veb-sayt oʻrnini egallaydigan kuchli mini ilovalargacha har qanday turdagi xizmatni Telegram ekotizimiga integratsiya qilish imkonini beradi.

Biz bu yilni botlar yaratish platformasiga Telegram tarixidagi eng katta yangilanish bilan yopmoqdamiz. Yuzlab yangi funksiyalar orasida botlar endi xabarlarga reaksiya bildirishi hamda reaksiyalar, iqtiboslar va havolalarni boshqarishi, boshqa chatlar yoki mavzularga javoblar yuborishi mumkin.

Bu yangilanishda botlar ular admin boʻlgan kanallarda yutuqli oʻyinlar natijalaridan va foydalanuvchi ovoz bergan yoki bermaganidan xabardor ham boʻladi.

Dasturchilar ushbu misli koʻrilmagan oxirgi oʻzgarishlar roʻyxatida botlar yaratish uchun platformaga kiritilgan barcha oʻzgarishlarni topishi mumkin.

Agar botlar va kichik ilovalar yaratishga qiziqsangiz, Botlar qoʻllanmamiz bilan tanishing, unda qoʻshimcha maʼlumotlar va hatto yangi boshlovchilar uchun qadamma-qadam qoʻllanmani ham topishingiz mumkin.

Bu yangilanish yana boshqa funksiyalarni ham oʻz ichiga oladi, lekin sizga bular haqida yanvar oyida maʼlumot beramiz. Hozircha doʻstlaringizni tabriklash uchun chaqiruv qiling yoki bu ishni siz uchun bajaradigan bot yarating. Tez orada yangi yilda koʻrishguncha!


2023-yil, 31-dekabr
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

스타 경품 및 기타

오늘 업데이트로 그룹과 채널은 경품 행사에서 Telegram Stars를 상품으로 사용할 수 있습니다. 또한, Telegram 브라우저에서 여는 모든 기사를 이제 Instant View로 변환할 수 있어 읽기 편리합니다.
6-sen, 2024

슈퍼 채널, 스타 반응 및 구독

오늘은 텔레그램의 11주년입니다. 사용자가 콘텐츠 제작자를 지원할 수 있도록 하는 스타 반응 및 스타 구독, 봇 및 비즈니스 계정을 위한 유료 미디어, 그리고 관리자가 다른 채널이나 개인 프로필로 게시할 수 있는 새로운 텔레그램 채널 모드를 만나보세요.
14-avg, 2024

텔레그램 브라우저, 미니 앱 스토어, 선물 별 등

오늘 업데이트에서는 여러 탭을 지원하는 새로운 인앱 브라우저와 거의 10억 명의 사용자에게 Web3를 제공하는 기능, 인기 미니 앱이 포함된 미니 앱 스토어, 친구에게 스타 선물을 할 수 있는 기능, 스토리를 위한 날씨 위젯 등 다양한 기능이 추가되었습니다.
31-iyl, 2024

미니 앱 바, 미디어 광고, 스토리 검색 등 더 보기

6월 업데이트에서는 미니 앱을 최소화하여 컴팩트 바로 만드는 방법을 추가하고, 콘텐츠 제작자가 유료 사진 및 동영상으로 채널을 수익화할 수 있도록 도우며, 해시태그 또는 위치로 검색하고 새로운 링크 위젯을 도입하여 스토리를 개선할 수 있게 됩니다.
30-iyn, 2024