Telegram Yulduzlar: raqamli mahsulotlar va boshqalar uchun toʻlov

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Telegram Yulduzlar: raqamli mahsulotlar va boshqalar uchun toʻlov

Har oy 400 milliondan ortiq foydalanuvchi Telegramda botlar va mini ilovalar bilan munosabatga kirishib, mahsulotlar sotib oladi, xizmatlardan foydalanadi, oʻyinlar oʻynaydi va boshqa imkoniyatlardan foydalanadi. Bugungi yangilanish bilan botlar va mini ilovalar raqamli mahsulotlar va xizmatlarni sotishi mumkin.

Raqamli mahsulotlar va xizmatlar

Yillar davomida bizneslar Telegram orqali botlar va mini ilovalar yordamida jismoniy mahsulotlarni sotish va dunyo boʻylab toʻlovlarni qabul qilish imkoniyatiga ega boʻldi. Bu oy biz Botlar yaratish platformasini yangiladik. Endi u raqamli mahsulotlar uchun toʻlovlarni ham qoʻllab-quvvatlaydi.

Telegram Yulduzlar

Telegram ekotizimi boʻylab raqamli mahsulotlar va xizmatlarga toʻlov qilish imkonini berish uchun biz Telegram Yulduzlarni ishga tushiryapmiz. Yulduzlarni Apple va Google orqali ilova ichidagi xaridlar yoki PremiumBot orqali xarid qilib, ularni botlar tomonidan taklif etiladigan raqamli mahsulotlarelektron kitoblar va onlayn kurslardan tortib Telegram oʻyinlaridagi buyumlargacha sarflash mumkin.

Yuluzlar bilan toʻlovlarni @DurgerKingBot orqali sinashingiz mumkin. Bunda u maxsus tort (hatto tort yolgʻon boʻlsa ham, u pullarni qaytaradi) taklif qiladi.

Ilovalar doʻkonlari bilan integratsiya

Telegram Yulduzlar Apple va Google kompaniyalarining raqamli mahsulotlar savdosiga oid oxirgi siyosatlariga mos keladi hamda Telegram ekotizimidagi dasturchilar va ularning foydalanuvchilariga mobil ilovalar doʻkonlarida ilova ichidagi xaridlar imkoniyatidan misli koʻrilmagan darajada foydalanish imkonini beradi.

Tez orada dasturchilar oʻz botlari orqali ishlangan yulduzlarni Toncoinda Fragment orqali yechib olishi mumkin boʻladi.

Oʻzgarishlar jismoniy mahsulotlar va xizmatlariga taalluqli emas — ularni avvalgidek qoʻllab-quvvatlanadigan toʻlov provayderlaridan biri yordamida xarid qilish mumkin boʻladi. Dasturchilar raqamli mahsulotlar uchun oʻzgarishlar haqidagi batafsil axborotni ushbu sahifada oʻqishi mumkin.

Raqamli mahsulotlar va xizmatlar uchun tezkor, foydalanuvchilar uchun qulay toʻlovlar bilan bot va mini ilovalar platformasi yangi turdagi bizneslarga Telegram ichida 900 milliondan ortiq ehtimoliy mijozlarni qamrab olish imkoninini beradi.

Botlarda xarid qilishdan-da koʻproq

Bu Telegram Yulduzlar uchun shunchaki boshlanishi. Kelajakdagi yangilanishlarda Yulduzlar uchun kontent mualliflariga hadyalar va boshqa shu kabi qoʻshimcha funksiyalar va xususiyatlar taqdim etiladi.

Botlarda xarid qilishdan-da koʻproq

Yulduzlar haqida batafsil axborot olish uchun bosh direktorimiz kanalidagi post, yangilangan Dasturchilar uchun Xizmat shartlari va Yulduzlarda toʻlovlar boʻyicha batafsil qoʻllanma bilan tanishing.


2024-yil 6-iyun,
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

스타 경품 및 기타

오늘 업데이트로 그룹과 채널은 경품 행사에서 Telegram Stars를 상품으로 사용할 수 있습니다. 또한, Telegram 브라우저에서 여는 모든 기사를 이제 Instant View로 변환할 수 있어 읽기 편리합니다.
6-sen, 2024

슈퍼 채널, 스타 반응 및 구독

오늘은 텔레그램의 11주년입니다. 사용자가 콘텐츠 제작자를 지원할 수 있도록 하는 스타 반응 및 스타 구독, 봇 및 비즈니스 계정을 위한 유료 미디어, 그리고 관리자가 다른 채널이나 개인 프로필로 게시할 수 있는 새로운 텔레그램 채널 모드를 만나보세요.
14-avg, 2024

텔레그램 브라우저, 미니 앱 스토어, 선물 별 등

오늘 업데이트에서는 여러 탭을 지원하는 새로운 인앱 브라우저와 거의 10억 명의 사용자에게 Web3를 제공하는 기능, 인기 미니 앱이 포함된 미니 앱 스토어, 친구에게 스타 선물을 할 수 있는 기능, 스토리를 위한 날씨 위젯 등 다양한 기능이 추가되었습니다.
31-iyl, 2024

미니 앱 바, 미디어 광고, 스토리 검색 등 더 보기

6월 업데이트에서는 미니 앱을 최소화하여 컴팩트 바로 만드는 방법을 추가하고, 콘텐츠 제작자가 유료 사진 및 동영상으로 채널을 수익화할 수 있도록 도우며, 해시태그 또는 위치로 검색하고 새로운 링크 위젯을 도입하여 스토리를 개선할 수 있게 됩니다.
30-iyn, 2024